O'zbekiston Nodavlat Ta'lim Muassasalari Assotsiatsiyasi
"Ta'lim uchun xizmat qilish biz uchun sharafdir"

"Eng katta boylik bu – aql-zakovat va ilm, eng katta meros bu – yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu – bilimsizlikdir. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir."
Sh.M. Mirziyoyev
Assotsiatsiya haqida
O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi (NTMA) 2019-yildan faoliyat boshlagan bo'lib, mamlakatimizdagi barcha nodavlat oliy ta'lim, professional ta'lim, o'rta maktab ta'limi va maktabgacha ta'lim, o'quv markazlari muassasalarini birlashtiradi.
Maqsad va vazifalarimiz
NTMlar hamda davlat boshqaruv organlari (vazirliklar, qo'mitalar, agentliklar) bilan o'zaro manfaatli hamkorliklarni tashkil etish
NTMlar faoliyatini mavjud qonunchilik (ta'limga oid qonun va qonunosti hujjatlari) talablariga muvofiqlashtirish
NTMlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
NTMlar faoliyatida innovatsion g'oyalar va ishlanmalarni keng jalb etishda ko'maklashish
NTMlarda xalqaro ta'lim dasturlarini joriy etish hamda xalqaro darajadagi kadrlar yetishtirishda ko'maklashish
Xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish orqali xalqaro grantlarni jalb qilish
Xorijiy investitsiyalar jalb qilishda ko'maklashish
Ta'lim sifatini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy tajribalarni o'rganish va tadbiq etilishida ishtirok etish
Assotsiatsiya yordami
Ma'lumot almashinuvi
NTMlararo ma'lumot almashinishni yo'lga qo'yish
Master klass va treninglar
Pedagog va direktorlar uchun master klass va treninglar tashkil etish
Manfaatlarni himoya qilish
NTM manfaatlarini davlat organlari oldida himoya qilish
Operativ axborot
Davlat organlarida sohaga oid bo'layotgan o'zgarishlarni operativ yetkazish
Yuridik yordam
Soha bo'yicha ixtisoslashgan umumiy yuridik yordam ko'rsatish
Qarorlarni e'lon qilish
Muhokamaga qo'yilayotgan qarorlarni a'zolarga e'lon qilish
Faoliyatimiz
Kadrlar tayyorlash
Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida ularni o'qitishni tashkil etishda ko'maklashish
Huquqiy qo'llab-quvvatlash
Davlat idoralari hamda boshqa muassasalar oldida a'zolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilish
Xalqaro hamkorlik
Biznes-forumlar, ko'rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish, xorijiy hamkorlar bilan ishlash
Murojaatlar bilan ishlash
Sohada murojaatlarni qabul qilish, vakolatli organlarga taqdim etish va ijro etilishi ustidan monitoring olib borish